Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qarshida sudxo‘r ayol o‘g‘li bilan birga o‘ldirib ketildi

Qarshi shahar sudi fuqaro Shohista Ismoilova hamda o‘g‘li Humoyunning o‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq jinoiy ish yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Shohista Ismoilova shahardagi Yerqo‘rg‘on bozorida savdo qilish barobarida uzoq yillardan buyon sudxo‘rlik qilib ham kelgan. Topilgan pullarga hovlisidan uch qavatli dang‘illama bino qurgan.
Bir kuni qarshilik Islom Hamidov ayoldan 100 dollar ustiga qo‘shib berish sharti bilan 10 kunga 3 mln so‘m qarz olgan, garov tariqasida BMW 520 mashinasini tashlab ketgan. Ammo pullarni keltirganida Ismoilova “kechikding, yana 1 mln so‘m qo‘shib bermasang, boshingga xotinlarning ichki kiyimini kiydiraman” qabilida shallaqilik qilgan. Erkak pulni olib kelib bergan, ammo dilida alami qolib ketgan.
Islom Hamidov ukasi Oybek bilan kelishgan holda sudxo‘rning uyiga tunda bostirib kirib, uni va o‘g‘lini qatl qilgan.
Sud qarori bilan jinoyatchilar uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilindi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5219 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qarshi, o‘ldirib ketildi, sudxo'r
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 Juda yomon osh bobdi.Bizni boshimizga shunaqa ish tushmasin
Like | 0
Don9498 Sudxo'rlikni oqibatiwunab6ladi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное