Putin IShIDni “ikkinchi darajali narsa” deb baholadi
$MAGE1$
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.
IShID guruhi bilan bog‘liq savolga javob berarkan, Putin uni “ikkinchi darajali narsa” deb atadi.
“Nazarimda, IShID ikkinchi darajali narsadir. Iroqqa kirishdi – mamlakatni vayron qilishdi, yaxshimi, yomonmi, muhim emas. Neft savdosi bilan bog‘liq unsurlar yuzaga keldi. Vaziyat yillar davomida bu ahvolga keldi.
Biznes, kontrabanda. Buni himoya qilish uchun harbiy kuch kerak bo‘ldi”, - deb ta’kidladi u.
Uning fikricha, iqtisodiy manfaatlar bilan bog‘liq ishlarni niqoblash uchun “islom omili”ga murojaat qilingan, bu esa ko‘plab odamlarni o‘ziga jalb qilgan. Shu tariqa guruhning o‘zi yuzaga kelgan.