Bugun, 4 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Suriyada IShID terrorchi tashkilotining mag‘lub etilganini va mamlakat ushbu terrorchi tashkilot hurujlaridan butkul ozod qilinganini ma’lum qildi.
Putin bugun Moskvada o‘tayotgan xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha Moskva konferensiyasi a’zolariga bu haqda tabrik yo‘llagan. Tabrikni konferensiyada Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, Putin konferensiya a’zolariga quyidagilarni ma’lum qilgan:
“Bu yil bizning diqqat markazimizda butun xalqaro hamjamiyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan Yaqin Sharqni Suriyada IShID terrorchilik tashkiloti mag‘lubiyatga uchratilganidan keyin har tomonlama rivojlantirish masalasi turibdi”.
Ma’lumot o‘rnida, xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha Kengashning VII yig‘ilishi ertaga, 5 aprel kuni ham Moskva shahrida davom ettiriladi.
Avvalroq, Rossiya Prezidentining Turkiyaga rasmiy tashrif bilan ketgani haqida xabarbergan edik.