Bir necha yillardan buyon san’at olamida yelkama yelka ijod qilib kelayotgan Oybek Nigora juftligining muxlislarini so‘nggi kunlarda ijodidan ko‘ra, shaxsiy hayoti haqidagi yangiliklar ko‘proq qiziqtirmoqda. Xonandalarning atrofidagi gap-so‘zlar kundan kunga avj olib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, ular tez kunda ularning to‘yi bo‘lib o‘tadi.
Bu gap haqiqatga qanchalik yaqin? Rostan ham ularning to‘yi tez kunda bo‘lib o‘tadimi? Biz bu gap-so‘zlarni qanchalik rost ekanligiga ishonch hosil qilish uchun Oybek va Nigoraning ma’muri bilan bog‘landik. “Shamol bo‘lmasa daraxtni uchi qimirlamaydi” deganlaridek, haqiqatdan ham Oybek va Nigora tez kunda turmush qurmoqda. “Joriy yilning noyabr oyida ularning to‘yi bo‘lib o‘tadi. Qaysi sanada bo‘lib o‘tishi hali noma’lum. Shu sababli, hali ommaga bu haqida rasmiy ma’lumot berganimiz yo‘q. ” – deydi xonandalarning ma’muri Furqat Zayniddinov.
Demak, yana bir san’atkorlar oilasiga tez kunda asos solinadi. Shundy ekan, biz Oybek va Nigoraga baxt tilab qolamiz va voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.