Nahotki endi Oybek va Nigora alohida qo‘shiq kuylashadi?..
Estradamizning eng go‘zal juftligi Oybek va Nigora kuni kecha paxta terimida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklab, Sirdaryo viloyatining Sayhunobod tumanida konsert dasturida ishtrok etishdi.
Avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilinganidek Oybek va Nigora muhlislari uchun syurprizlar tayyorlashmoqda. Bulardan biri milliy yunalishda hazilomuz tarona yaratishgan bo‘lib, uni tez kunlarda muhlislar e’tiboriga taqdim etish niyatidalar. Bundan tashqari ''Omon-omon'' taronasining remiks varianti ham tayyor. Ajabmas, u ham xit darajasiga ko‘tarilsa.
Aytgancha, yangi albom ustida ishlayotgan bu xonandalar asosan Shahnoz va Sherzod Mardiev bilan hamkorlik qilishmoqda. ''Kechir'', ''Omon-omon'' qo‘shiqlari muallifi Sherzod Mardiev taklifi bilan yana bir tarona yaratildi, uni Nigoraning o‘zi yakkaxon tarzda ijro etadi. Nahotki endi Oybek va Nigora alohida qo‘shiq kuylashadi, ajoyib juftlik ajralib ketadimi?..
Albatta, shu kabi savollar barcha muhlislarni qiziqtirishi tabiiy. Bunga xozircha to‘liq javob bermayotgan Oybek va Nigora yakkaxon ijrodagi tarona premerasida haqiqatni oshkor etishlarini bildirishdi. Yangi qo‘shiq premerasini kutib kolamiz.