Oybek va Nigora juftligining prodyuseri Alisher Majidxo'jaev va rejissor Otabek Mirzaxolovlar hamkorligi ostida yangi "Zulm" kinokartinasi suratga olindi. Bu film melodrama janrida suratga olingan bo'lib, unda bir qancha taniqli aktyorlar rol ijro etdilar. Qiziq, filmda zulmkor qahramon obrazini kim yaratar ekan. Oybek va Nigoradan birimi yoki boshqa aktyormi?Mazkur filmda hozirgi kunda kinochilik san'atimiz yulduziga aylanib ulgurgan Alisher Uzoqov, bir nechta biz sevgan kinokartinalar qahramoni Adiz Rajabov, betakror taronalari va bir biridan ajoyib rol ijrolari bilan ishonchimizni qozongan Nigora Ismoilova hamda bir qancha taniqli kino yulduzlarimiz o'z mahoratlarini namoyish etishgan. Film prem'erasi mart oyida o'tkazilishi mo'ljallanmoqda. Kinokartina saundtrekini Oybek va Nigora juftligi ijro etgan. Bu saundtrek nomi hozircha sir tutilmoqda. Ko'ramiz unga qanaqa nom berilar ekan. Shuningdek, ular disko yo'nalishida yangi tarona yaratishdi. Oybek va Nigora Navoiy viloyatida o'tkaziladigan "Barkamol avlod" festivaliga ham taklif etilgan. Ayni damda ular ushbu festivalda ishtirok etish uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborishgan.