Oybek va Nigora ikki oy avval oila qurishganini tan olishdi
“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora Qalampir.Uz saytiga bergan intervyularida FHDYoda oilalarini ikki oy avval ro‘yhatdan o‘tkazishganini ma’lum qilishdi.
Ular o‘z ntervyularida shunday deyishdi: “Buning nimasi yomon? Do‘stlarimiz, ota-onalarimiz FXDYo bo‘limiga tezroq xujjat topshirib qo‘yinglar, keyin ulgurmay qolasizlar, hali shifokorlar ko‘rigidan o‘tishingiz kerak, deyaverishganidan keyin FXDYoga ariza topshirdik. Xujjatlar bilan bog‘liq ishlar bunchalik tezlashib ketadi deb kutmagandik”.
Eslatib o‘tamiz, xonandalarning visol oqshomi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.