Ularni sobiq “Akfa-media” uchrashtirdi. Oybek va Nigora – shou-biznesda yangilik bo‘ldi. “Akfa-media” ochilib, bir necha yillar qizg‘in faoliyat yuritib, so‘ngra yopilib ketganidan keyin ham Oybek va Nigora ijodiy faollikni susaytirmadi. Bir necha prodyuserlar almashsa-da, bu ijodkorlar ijodiy pauzaga duch kelishmadi. Oybek va Nigora yillar osha sinalgan muhabbat romanini nikoh ila mustahkamlashga qaror qilishdi. Oybek Nigorasini, Nigora Oybekini birovga berib qo‘ymadi! Kuni kecha shov-shuvli tarzda to‘y qilishdi. Tilagimiz, baxtingiz ham ijodingiz kabi mustahkam bo‘lsin. Bundan buyog‘iga er-xotin sahnada birga kuylashadi yo yakkaxon tarzda, hozircha mavhum qolajak.