Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Oybek Nigoradan avval boshqa qizga uylangani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘ydan ikki oy oldan FHDYoda nikohni qayd qildirgani ayrimlarning salbiy munosabatlariga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
Xususan, Instagram’dagi foydalanuvchilardan biri xonandalarning to‘yi haqidagi yangiliklarga munosabat bildirib, Oybek bundan bir necha yil avval boshqa bir qizga uylangani, o‘sha qiz bebaxt bo‘lib qolayotgani haqida xabar qoldirgan.
Bundan tashqari, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Shohira Hamro taxallusli foydalanuvchi “Xonandalar yaxshi o‘rnak bo‘lmayapti” deya, shunday fikrlarni bildirgan: “Xonandalarimiz ‘fuqarolik nikohi’ni urfga olib kiryapti. Internet-u, shou biznes matbuoti uni ommalashtirishda yaqindan yordam beryapti, shekilli”.
Mazkur fikrlar, turli mish-mishlarga javoban xonanda Oybek shunday dedi: “Odamlarga qo‘yib bersa nimalarni o‘ylab topishmaydi. Men hech kimni bebaxt qilmaganman. Bu mening birinchi turmushim!”.
Eslatib o‘tamiz, xonandalar Oybek va Nigoraning nikohi to‘yi 21-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7505 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oybek va Nigora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
mahliyo4979 >( eee tentakmi bu odamla senga nma u qacon FHDY dan utgan i nma iweng bor i toba e uzi insonla vawwe g'iybatci bup ketopti uzini xayotinga bro aralawsa yoqadimi. Sendan suramediku nme sen ering b n 3 oy aval nikoxdan utding dp. Rosti uwanaqa g'iybatcilani dp kop oilala buzulib ketopti. Aval uzini bilsin broni ketidan gapirgunca >(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное