Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Oxiri ajrashish bilan yakun topadigan nikohning 10 belgisi

Oila qurilgandan keyin, har qanday oilaga ham ajrashish xavf solishi mumkin. Har qanday munosabatlarga ham bir kun kelib putur yetadi. Agar siz uchun aziz bo‘lgan odamingizni, muqaddas oilangizni saqlab qolishni istasangiz, quyidagi holatlarga e’tiborli bo‘ling:
1.  To‘y oldidan kelin ikkilanadigan bo‘lsa. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y oldidan kelin qaroridan ikkilanadigan bo‘lsa, bunday juftlikning ajrashib ketish xavfi ikki barobar kuchayadi. Ammo kuyov qanday qarorga kelmasin, bu ularning kelgusi hayotiga ta’sir qilmaydi.
2.  Kelin-kuyov juda yosh yoki 32 yoshdan katta bo‘lsa. Albatta baxtli turmush kechirish uchun yoshning ahamiyati yo‘q, ammo har qanday yoshning ham o‘ziga yarasha tashvishlari bor. Hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan yoshlar turmush qurgandan keyin har birining o‘ziga yarasha maqsadi paydo bo‘ladi. 10−15 yil o‘tgandan keyin ular shaxs sifatida shakllanib, o‘zi istamagan odam bilan yashayotganini his qila boshlaydi.
Ikkinchi tomondan 32 yoshdan keyin turmush qurganlarning nikohi ham omonat bo‘lar ekan. CHunki ular yolg‘izlikka, ozodlikka, mustaqillikka o‘rganib qolganidan yonidagi odam ularga xalaqit qilayotgandek tuyuladi.
3.  Oilada faqat qiz farzandlarning tug‘ilishi. Bunga erkaklarning uylangandan boshlab, merosxo‘r, o‘g‘il farzand ko‘rishni istashi sabab bo‘ladi. O‘g‘ilmi, qizmi Xudoning inoyati! Ularning har ikkisiga ham ota-ona mehri kerak. Qiz farzand ko‘rgan odam baxtsiz odam degani emas!  
4.  “Ajrashish ota meros”. Agar sizning ota-onangiz ajrashgan bo‘lsa, sizning oilangizga ham ajrashish 40 % xavf solishi mumkin. Nima qilish kerak? Ularning xatolaridan xulosa chiqarib, kelajakda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish lozim.
5.  Qarzlar. Pul muammosi har doim stresslarga sabab bo‘ladi. Oilada er va xotindan birining ishlashi, ikkinchisining bekor qolib, bor pulni giyohvandlikka, ichkilikka sarflashlari mumkin. SHundan er-xotin o‘rtasida mojaro chiqib, oila buzilish xavfi tug‘iladi.
6.  Er-xotindan birining “xavfli” kasbda ishlashi. “Xavfli” kasblar ro‘yxatiga nafaqat harbiy va ichki ishlar xodimlarining kasbi, balki qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar, asosiy vaqtini ishda o‘tkazadigan odamlar kiradi. Bu ro‘yxatga raqqosalar, xoreograflar, enagalar, barmenlar va psixologlar kiritildi. CHunki ular asosiy vaqtini oiladan tashqarida, begona odamlar bilan o‘tkazadilar.
7.  Ayol eridan ko‘p pul topsa. Eridan ko‘p pul topadigan ayollar, ko‘p hollarda oila boquvchisi o‘zi bo‘lgani uchun eriga past nazar bilan qaraydi. Iqtisodiy tomondan mustaqil bo‘lgandan keyin eriga oila boquvchisi deb qaramaydi.
8.  Ayolning yoshi eridan katta bo‘lsa. Muhabbat yosh tanlamaydi deyishadi, ammo yuqorida aytib o‘tganimizdek, har bir yoshning o‘ziga xos xususiyati bor. Er-xotin yoshlari o‘rtasidagi farq tufayli bir-birini tushunmasligi mumkin. 
9.  Er-xotindan birining o‘zini haq deb hisoblashi. Turmushda er va xotinning bir-biriga bo‘lgan munosabati asosiy omil vazifasini o‘taydi. Ulardan birining kamsitishi, yerga urishi, hurmat qilmasligi ham ajrashishga sabab bo‘ladi.
10.   Eng oxirgi g‘alati fakt: Ko‘p hollarda kuyov bolaligida suratga kulmasdan, xo‘mrayib tushgan bo‘lsa, kelajakda pessimist bo‘lib voyaga yetadi. Bunday odam bilan yashash esa oson bo‘lmaydi.
ASOSIYSI: Baxtli yoki baxtsiz bo‘lish o‘z qo‘lingizda! Har qanday irim-sirimlarni yuragingizga yaqin olmang. Juftingizdan mehringizni, muhabbatingizni ayamang, hurmat-e’tiborli bo‘ling! 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 9507 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ajrashish, Nikoh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное