Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan birida yashovchi erkak 3 metrli kobraga uylandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Erkakning aytishicha, uch metrli kobra uning besh yil avval vafot etgan rafiqasiga juda o`xshaydi. Shuning uchun ham u kobra bilan nikohdan o`tishga qaror qilgan.
Endilikda erkak asosiy vaqtini kobra bilan o`tkazmoqda. Ular birga televizor ko`radi, fitness bilan shug`ullanadi. Shuningdek, birga uxlaydi.
Yangi munosabatlarga ilonning reaksiyasi haqida hech qanday ma`lumotlar keltirilmagan.