Onaning e’tiborsizligi tufayli 2 yoshli qizcha vafot etdi
Rossiyaning Orenburg viloyatida onaning e’tiborsizligi tufayli 2 yoshli qizcha sovuqda qolib, vafot etgan.
Surishtiruv organlarining ma’lum qilishicha, ona o‘zining 2 va 5 yoshli farzandlarini uyida qoldirib, qo‘shninikiga chiqib ketadi. Oradan 1.5 soat o‘tgandan qaytadi va uyining hovlisida 2 yoshli qizchasining ustki kiyimlarsiz jasadiga duch keladi. Sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvlarida qarovsiz qolgan qizcha sovuq qotishdan vafot etganli aniqlangan.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, oilaning ikkinchi farzandi vasiylik organlari tomonidan olib qo‘yilgan va onani onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
Shu vaqtgacha bu oila noqobil oila sifatida ro‘yxatda turmagan.
Bu fojia ro‘y bergan vaqtda oila boshlig‘i ishda bo‘lgan. Keyinchalik, ona spirtli ichimliklar ichishni suiste’mol qilib turgani aniqlangan. Hozirgi vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda.