20-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kelayotgan hafta qor yog‘ishi kutilmoqda.
21-noyabr kuni qor yog‘adi
"O‘zgidromet" xabar berishicha, 18-19-noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxtida va boshqa shaharlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
20-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi va qorga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, 20-21-noyabr kunlari shamol tezligi 15-20 m/s kuchayishi mumkin.
Kechasi havo harorati pasayadi
Havo harorati 18-19 noyabr kunlari 0...+5° darajani tashkil etadi, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 20 noyabr kuni kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi; 21 noyabr kuni kunduzi va kechasi havo temperaturasi +3...+8 daraja bo‘ladi.