Sinoptiklar O'zbekistonda qachon qor yog‘ishini ma’lum qildi
O‘zgidromet O‘zbekistonda yaqin kunlar ichida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-10 fevralda Respublika hududida qor yog‘ishi kutilmoqda. 9 fevral kuni kechasi va kunduzi ob-havo harorati 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
10 fevral kuni esa kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Respublika hududidagi eng sovuq ob-havo sharoiti Navoiy viloyatida kuzatiladi. Bu yerda 10-11 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi kuttilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida 10-11 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechasi 8-3 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.