Qish fasli aslida qor bilan go‘zaldir. Oppoq qor yoqqan payt sovuq kunlarni yoqtirmaydigan insonlar ham beixtiyor manzaradan zavq oladilar. Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 2 dekabr kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida kuchsiz qor yog‘adi. Harorat kechasi hamda kunduzi 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 5 darajagacha, kechasi 8 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 2 darajagacha, kechasi 8 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi esa qorga aylanish ehtimoli bor. Harorat kunduzi 2 darajagacha, kechasi 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida kechasi hamda kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kunduzi 5 daraja iliq, kechasi 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida esa kuchli yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechasi hamda kunduzi +3...-2 darajani tashkil qiladi.