Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O‘zbekistonda hukm suradigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 fevralda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-4 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -12...-7 darajagacha pasayadi, kunduzi 3 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -7...-2 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 fevralda -7...-2 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -17...-12 darajagacha pasayadi, kunduzi 3 fevralda +2...+7 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -10...-5 darajagacha pasayadi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 3 fevralda havo harorati kechasi -5...0 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda kechasi -14...-9 daraja, kunduzi -8...-3 darajagacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 4 fevralda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. 5-6 fevralda kechasi -12...-7 daraja, kunduzi -7...-2 darajagacha pasayadi; Navoiy viloyatining shimolida havo harorati 3-4 fevral kuni kechasi -7...-2 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -17...-12 darajagacha pasayadi, kunduzi 3 fevralda +2...+7 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -10...-5 darajagacha pasayadi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-4 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -12...-7 darajagacha pasayadi, kunduzi 3 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -7...-2 darajagacha pasayadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 5 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-4 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -10...-5 darajagacha pasayadi, kunduzi 3 fevralda +10...+15 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -5...0 darajagacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi, 4-6 fevralda -8...-3 darajagachav pasayadi, kunduzi 3-4 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda -5...0 darajagacha pasayadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 fevralda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi, 5-6 fevralda kechasi -18...-13 darajagacha, kunduzi -15...-10 darajagacha pasayadi.
Sunnatilla Abdullaev