Bugun, 15-noyabr kuni davomida O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan kuchsiz sovuq havo oqimi kirib keladi. Bu haqida “O‘zgidromet” matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekistonning katta qismida harorat 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu mazkur davr uchun xos bo‘lgan harorat me’yorlariga yaqin.
“Dam olish kunlari antisiklon ta’siri saqlanib turadi. Havo bosimining biroz ko‘tarilishi fonida respublikada kam bulutli ob-havo kutilmoqda. Ertalabki soatlarda havoning sovishi natijasida termometr ustunchasi 0-5 daraja iliq ko‘rsatkichdan oshmaydi, kunduzi esa o‘rtacha 10-15 darajagacha ko‘tariladi. O‘rtacha sutkalik harorat me’yordan 1-3 daraja past bo‘ladi”, deyiladi xabarda.