AQSh bo‘ylab arktik havo oqimlari deb ataladigan sovuq keng tarqalmoqda.
“Nol darajadan past sovuq va achchiq shamollar bir necha kun mobaynida saqlanib qoladi, hafta oxirida havo yanada sovub ketishi hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deya xabar beradi Milliy ob-havo xizmati.
“Polar girdob”, odatda shimoliy qutb atrofida aylanadigan muzdek havoning massasi bo‘lib, janubga tomon harakatlangan va Qo‘shma Shtatlarga kirib kelgan. Seshanba kuni kechqurun Chikago hududida havo -46 darajagacha tushib ketishi mumkin.
Shuningdek, AQShning Viskonsin va Illinois shtatlari allaqachon qalin qor bilan qoplangan.