Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi"

Chiroyli ayollar bilan munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z o‘rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin ekan. "Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi", deb xabar qiladi “tib.islom.uz”.
 
Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o‘tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o‘yini vazifalarini yechishi kerak edi.
Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo‘lganida stress gormonining darajasi yuqori bo‘lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holattga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg‘iz qolish erkak qonida ko‘p miqdorda kortizolning xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.
Kortizolning ko‘payib ketishi xujayra metabolizmini ishdan chiqaradi va oqibat diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta’sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga yetib borishiga yordam beradi, ba’zi joylardagi qonning torayishi, ishtahani ochish hamda shamollashga va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.
Bunday natijalarni ko‘rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo‘lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e’tirof etibdilar.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 9835 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ruhshona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное