Ohangaronda ona uch oylik chaqalog‘ini sotayotganda qo‘lga tushdi
Ichki ishlar organlari xodimlari Ohangaronda uch oylik chaqalog‘ini sotayotgan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 3-yanvar kuni IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi.
Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.
G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.