O‘tgan yili turmush o‘rtog‘i David Bekxem bilan dizayner Viktoriya Bekxem bir ovozdan to‘rt farzand bilan cheklanishlarini ma’lum qilgan edi. Ammo ular o‘z fikrlaridan qaytgan ko‘rinadi deb xabar beradi “Lady.ru” nashri.
Devidda kenja farzandi Xarper tug‘ilgandan keyin yana bir farzandli bo‘lish istagi tug‘ilgan edi. Endi uning orzusi ro‘yobga chiqadigan ko‘rinadi.
42 yoshli Viktoriyaning dugonasi bu xabarni tasdiqladi. Hozirda Viktoriya organizmini foliy kislotasi bilan ta’minlash uchun ismaloq, brokkoli va vitaminga boy sabzavotlarni iste’mol qilishga kirishgan. Viktoriya kenja farzandi Xarperga homiladorlik vaqtida ultratovush tekshiruvidan o‘tganda, vrachlar unga o‘g‘il farzand ko‘rishini bashorat qilishgandi, ammo shiringina qizaloqning dunyoga kelishi ularning oilasida haqiqiy bayramga aylangandi.