Toshkentning eski shahar qismida kichik portlash ro‘y berdi; taxminlarga ko‘ra siqilgan gaz balloni portlagan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston FVVdagi axborot manbasiga asoslangan holda RIA “Novosti” nashri.
“Portlash tush vaqtida, Toshkentdagi mashhur Chor-su bozori yaqinidagi avtobus bekatida sodir bo‘lgan. Ishchi taxmin sifatida siqilgan gaz bilan harakatlanuvchi avtobusning balloni portlab ketgani aytilmoqda”, – deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va vayronaliklar yo‘q. Hodisa joyida IIV, FVV va yong‘in xavfsizligi xodimlari faoliyat olib bormoqda. Portlash ro‘y bergan joyni ichki ishlar xodimlari o‘rab olgan.
O‘zbekiston FVV bu xabarlarga hozircha rasmiy munosabat bildirmagan.