“O‘ztelekom” O‘zbekiston prezidentining internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish va ulanish tezligini oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish bo‘yicha hisobotini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qildi. 2020 yilga kelib ulanish tezligi MDH davlatlari darajasigacha ko‘tarish maqsad qilib qo‘yilgan.
O‘tgan 10 oy mobaynida "O‘zbektelekom" AKda zarur bo‘lgan yaxshilanishlar tizimli tahlil qilindi, kerakli qurilmalar sotib olindi, dastur-jadval ishlab chiqilib, tashqi kanal o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va operatorlar, provayderlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun Internetga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
“Anjuman aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi operatorlari va provayderlari o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi, chunki barcha tomonlarning hamkorligisiz innovasion rivojlanish haqida so‘zlash mumkin emas”, - deyilgan xabarda.
Kompaniya tomonidan telegram-bot ishga tushirildi, bu yerda Kompaniyaga bajargan ishlar haqida har qanday savol berish mumkin. Eng yaxshi savollar mualliflari ushbu tadbirga taklif etiladi.