“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bir qator xonandalar ogohlantirilganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Xonandalar Jasur Umirov, Dilfuza Ismoilova, Abduvali Rajabov, Oybek (Alimov), Nigora (Ismoilova) va Umida Xodjayeva ogohlantirilganligini bildiramiz”, — deyiladi “O‘zbeknavo” axborotida.
Bu xonandalar nima sababdan ogohlantirilganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamilaning litsenziyasini tugatganligi haqida xabar berilgan edi.