Joriy yilning 28-29 iyulь kunlari Oʼzbekiston hududining aksariyat qismida havo harorati pasayib, qisqa muddatli yomgʼir yogʼishi mumkin. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati rahbari Sherzodxoʼja Habibullaxoʼja oʼzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.
Аvvalroq, Oʼzgidromet haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi Oʼzbekiston hududidan chekinishini va respublika boʼyicha harorat pasaya boshlashini maʼlum qilgan edi.
Prognozga koʼra, hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi va koʼpchilik viloyatlarda havo harorati 33-36 darajagacha pasayadi, faqat janubda 39-41 daraja ьshoadi.
25-28 iyulь kunlari Qirgʼiziston hududidan Fargʼona viloyatining togʼoldi va togʼli hududlari boʼyicha: Soʼx, Fargʼona tumanlarida va Soʼx, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.