Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda avtobus va metro yoʼlkira narxlari oʼzgarishi kutilmoqda

Toshkentda avtobus va metro yoʼlkira narxlari oʼzgarishi kutilmoqda
Yoʼlkira narxlari tez kunlarda oʼzgaradi. Naqdsiz toʼlov va bir soat ichidagi almashishlar uchun imtiyozli narxlardan faqat transport kartalari egalari foydalana oladi. Bunday karta egalari uchun, shuningdek, kunlik, oylik va yillik tariflar paydo boʼladi.Poytaxt jamoat transportida shu yil aprel oyida joriy etilishi belgilangan, lekin kechiktirilgan moslashuvchan tariflar tez kunlarda yoʼlga qoʼyiladi.
Yangi yoʼlkira narxlari joriy etiladigan sana hozircha maʼlum emas. Bu haqda Kun.uz'ga soha ichidagi manba maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, bunda avtobus va metrodan foydalanuvchilar naqd pul va bank kartasi orqali 2 000 ming soʼm, transport kartasidan esa 1 600 soʼm toʼlaydi. 1 soat ichida bir nechta jamoat transport turidan foydalanish orqali bir qancha chegirmalarga ega boʼlish mumkin. Yoʼlovchi shu vaqt ichida avtobusga chiqsa, birinchi toʼlovda 1 600 soʼm, ikkinchisida 400 soʼm toʼlaydi, keyingilarida yoʼlkira bepul boʼladi.
1 soat ichida avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga oʼtish bilan dastlab 1 600 soʼm, keyin 1 000 soʼm, uchinchi almashishda avtobusga chiqish bilan 400 soʼm toʼlanadi. Toʼrtinchi marta almashtirishda esa yoʼlkira bepul boʼladi.
Eʼtiborlisi, bu chegirmalar faqat АTTO transport kartasini ishlatuvchilar uchun amal qiladi. Ular bilan quyida batafsil tanishish mumkin:
Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, naqdsiz toʼlovlarni ragʼbatlantirish choralari birmuncha qisqargan. Bank kartalari bilan toʼlash naqd pulda toʼlashga tenglashtirilgan, bir soat ichidagi imtiyozli narxlardan ham faqat АTTO kartalari egalari foydalanishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, 1 soatlik almashish tariflarining 3 ta asosiy sharti bor. Unga koʼra, bu tarifdan foydalanuvchilarga avtobusning faqat old eshigidan chiqishiga ruxsat beriladi.
Yoʼlovchi birinchi transportga chiqishidagi toʼlov qilingan vaqtdan boshlab hisob davri boshlanadi.
Bir soatlik tarifda imtiyozli narx metrodan faqat bir marta foydalanishga nisbatan tatbiq etiladi. Bu vaqt ichida ikki marta metrodan foydalanilsa, hisob davri yangidan, 60 daqiqa boʼlib boshlanadi.
 
Qolaversa, yuqoridagidan tashqari, kunlik, haftalik, oylik va yillik tarif rejalari ham taklif etilyapti. Maʼlum summada toʼlov qilib belgilangan vaqt davomida cheksiz qatnovlarni amalga oshirish mumkin. Imtiyozli toifadagi shaxslar uchun 50 foiz chegirma qilinadi.
Аvtobus uchun tariflar quyidagicha:

1 kunlik — 6 ming soʼm.
5 kunlik — 23 ming soʼm.
7 kunlik — 30 ming soʼm.
10 kunlik — 47 ming soʼm.
15 kunlik — 71 ming soʼm.
20 kunlik — 94 ming soʼm.
1 oylik — 140 ming soʼm.
3 oylik — 400 ming soʼm.
6 oylik — 720 ming soʼm.
1 yillik — 1 mln 350 ming soʼm.
Аvtobus + metro uchun tariflar quyidagicha:

1 kunlik — 7 ming soʼm.
5 kunlik — 32 ming soʼm.
7 kunlik — 40 ming soʼm.
10 kunlik — 64 ming soʼm.
15 kunlik — 97 ming soʼm.
20 kunlik — 129 ming soʼm.
1 oylik — 194 ming soʼm.
3 oylik — 550 ming soʼm.
6 oylik — 1 mln soʼm.
1 yillik — 1 mln 900 ming soʼm.
Eslatib oʼtamiz, 16 fevral kuni imzolangan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi prezident qaroriga koʼra, Toshkent shahri jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar 1 aprel sanasidanoq joriy etilishi koʼzda tutilgandi.
Keyinroq Transport vaziri Ilhom Mahkamov tariflarning yoʼlga qoʼyilishi nima sabab kechikayotganiga izoh berib, 15 maydan boshlab yoʼlga qoʼyilishini vaʼda qilgandi.
Bu muddatda ham kechikilgacha, vazirlik matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga aniqlik kiritib, yangi amaliyot shahar deputatlar kengashi sabab hanuzgacha qoʼllanilmaganini maʼlum qilgandi.
Аytish lozim, yangi tarif tizimi joriy etilishining asosiy maqsad-mazmuni aholi mobilligini ragʼbatlantirish hisoblanadi. Yaʼni yoʼlovchi 2-3 ta manzilga bormoqchi boʼlsa, uning uchun jamoat transportidan foydalanish eng qulay variant boʼlishi kerak. Bu shaxsiy transport jozibadorligini kamaytirish, jamoat transportidan foydalanuvchilar sonini oshirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, 2 avgust kuni yangi va ragʼbatlantiruvchi tariflarni joriy etish toʼgʼrisidagi Toshkent shahar hokimi qarori loyihasining muhokamasi yakunlandi. Endilikda hokim qarorni imzolashi kutilmoqda. Shundan soʼng yangi tariflar amaliyotda qoʼllanila boshlanadi.

VIDEONI KO'RISH


Manba:Kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2207 | Рейтинг: 0| Рейтинг: metro, yoʼlkira, oʼzgarishi, avtobus, kutilmoqda, Toshkentda, narxlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное