O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilarining aksariyati Facebook yoki “Odnoklassnikov” ijtimoiy tarmog‘idan foydalanadi. O‘zbek tilida ham shu kabi ijtimoiy tarmoqlar borligini ko‘pchilik bilmasa kerak, deb yozadi ICT News.
Nashrning ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekistonda 38 ta ijtimoiy tarmoq bo‘lib, ulardan 8 tasi ishlaydi.
O‘zbek dasturchilari yana bir o‘zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqni yaratdi. UDavra.uz deb nomlanadi. Ijtimoiy tarmoqdan uch til ya’ni o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish mumkin.