O‘zbekistonda qizlar ko‘proq necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—avgust oylarida nikohlanganlarning yosh toifasi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yigit-qizlar ko‘proq 20-30 yoshlar atrofida nikohlanmoqda. Sakkiz oyda qizlarning 98 619 nafari, yigitlarning 134 500 nafari shu yosh atrofida oila qurgan.
Bu vaqt davomida 20 yoshgacha bo‘lgan 49 272 nafar qiz nikohdan o‘tgan. Yigitlarning 1 753 nafari shu yoshigacha uylangan.
Shuningdek, yanvar—avgust oylarida 31-40 yosh atrofida bo‘lgan 13 740 nafar ayol, 19 611 nafar erkak, 41-50 yosh atrofida bo‘lgan 2 923 nafar ayol, 5 740 nafar erkak nikohi qayd etilgan.
Nikohi qayd etilgan ayollarning 922 nafari, erkaklarning 3 872 nafari 51 yosh va undan katta bo‘lgan.