Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda pul almashishi haqidagi mish-mishlar haqiqatmi?


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusi — 2019 yil so‘ngiga qadar O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi — so‘mning denominatsiya qilinishi haqidagi xabarlar bo‘lib turibdi.

Tasdiqlanmagan ushbu xabarlarda aytilishicha, yangi pul birligi 10.000:1 nisbatda muomalaga kiritiladi.

Eski va yangi so‘m 2020 yil davomida parallel harakat qiladi. Plastik kartadagi pullar 2020 yil 1 yanvardan avtomatik ravishda to‘rtta nolini yo‘qotadi va hokazo taxminlar...

Bu mish-mishlar ostida qanchalik haqiqat yotibdi? Iqtisod, inflyatsiya va valyuta siyosati bilan bog‘liq holat stabil bo‘lmagan hozirgi sharoitda denominatsiya qanchalik o‘zini oqlaydi?

Markaziy bankning shu va boshqa savollarga rasmiy izoh berishi talab etiladi. Hozircha faqat ichki valyuta bozoridagi hozirgi vaziyat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xabar qilinishicha, bugun soat 11:00 da Markaziy bankda valyuta siyosati bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi. Ushbu tadbirda tarqalayotgan mish-mishlar va yuzaga kerayotgan savollarga ham javob berilishi mumkin.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10741 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haqidagi, pul almashishi, mish-mishlar, O‘zbekiston, haqiqatmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное