O‘zbekistonning bir qator hududlarida, xususan Toshkentda 16 aprel soat 07:39 da navbatdagi zilzila bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, zilzila markazi O‘zbekiston sharqida, Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda, Toshkentdan 153 km, Namangandan 55 km uzoqlikda bo‘lgan. Zilzila kuchi markazda 4,8 magnitudani tashkil qilgan, o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila markazi koordinatalari: 41.11 shimoliy kenglik, 71.03 sharqiy uzunlik.
Hozircha rasmiy manbalardan ma’lumot berilgani yo‘q.