O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zgidrometmarkazining xabar berishicha, 17-20 fevral kunlari respublikamizning markaziy tumanlari va Toshkentda havo o‘zgarib tursa ham, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17 fevral kuni havo harorati kechasi – 3 daraja sovuq, kunduzi +5 +10 daraja issiq bo‘ladi. 18-20 fevral kunlari kechasi 0+5 daraja, kunduzi esa +12, +17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq bo‘lib, +20 daraja, Farg‘ona vodiysida esa havo +15 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo ochiq bo‘ladi, 18-20 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa +5 daraja issiq bo‘ladi.
Xullas ushbu haftada O‘zbekistonda bahoriy ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda.