O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qariyb 6 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 5-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2882 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 29-martdagi kursga nisbatan 5 so‘m 96 tiyinga ko‘p.
5-apreldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3249 so‘m 58 tiyin (29-martdagi kursga nisbatan 24 so‘m 85 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 42 so‘m 93 tiyin (29-martdagi kursga nisbatan 89 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.