O‘zbekistonda diniy aqidaparastlik haqida film namoyish etiladi
Tez orada O‘zbekiston kinoteatrlarida “Sotqin” dramasi premyerasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Film syujeti oddiy qishloq oilasi haqida hikoya qiladi. Toshkentdagi oliygohlardan birining talabasi Sarvar jurnalist bo‘lishni orzu qiladi. Biroq uyga qaytgach, u otasi va akasi diniy aqidaparastlarga qo‘shilib qolganini ko‘radi, buning ustiga, ular bosh qahramonni ham o‘zlari tomonga og‘dirib olmoqchi bo‘ladi.
Filmda bosh rollarni Farruh Soipov, Matyoqub Matchonov, Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Yulduz Rajabova va boshqalar ijro etdi. Kartinaga Rustam Sa’diyev rejissorlik qildi, film Rixsivoy Muhammadjonov ssenariysi asosida suratga olindi.