Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Pazanda - Im Loving You
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda “blekaut” xavfi borligi aytildi
O‘zbekistonda “blekaut” xavfi doimiy saqlanib qolmoqda. Bu mamlakat energiya tarmoqlari qo‘shnilar bilan integratsiyalashgani bilan bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning bayonotida aytiladi. 

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha aeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.

Energetika vaziriga ko‘ra, yanvar oyidagi “blekaut”dan tegishli saboq chiqarilgan.

“Albatta, “blekaut” – bu texnologik holat. Bunday xavf doim bor. Buni inkor qilish kerak emas. Chunki, energiya tizimimiz nafaqat o‘z ichimizda, balki qo‘shni mamlakatlar bilan integratsiyalashgan. Shuni inobatga olgan holda yanvar oyida bo‘lgan “blekaut”dan tegishli saboqlar chiqargan holda, birinchi o‘rinda avtomatik o‘chirish qurilmalari avariyaviy holatlarning oldini olish tizimlari, markaziy dispetcherlik tizimi tashkil qilindi. Cheklovlar kiritilayotganidan asosiy maqsad ham shuki, nazoratli o‘chirib, “blekaut” holatining oldini olish. Agar shunday cheklovlar kiritilmasa, albatta, energiya tizimi izdan chiqadi va “blekaut”ga olib kelish ehtimolini keltirib chiqaradi”, deydi vazir. 

Ma’lumot uchun, 25-27 yanvar kunlari Markaziy Osiyoda sodir bo‘lgan “Blekaut” jarayonidagi yagona elektr tarmog‘ida yuz bergan avariya natijasida kuzatilgan uzilishlar sabab iste’molchilarga 4,5 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilindi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2572 | Рейтинг: 0| Рейтинг: blekaut, borligi, xavfi, aytildi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное