2022 yilda O‘zbekistondan 8,8 ming kishi doimiy yashash maqsadida xorijga ko‘chib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida chet elga ko‘chib ketganlarning 4,1 ming nafari erkaklar, 4,7 mingi ayollarni tashkil etadi.
Bu ko‘rsatkich so‘nggi 5 yilda sezilarli darajada kamaygan. Xususan:
2018 yilda – 17,6 ming;
2019 yilda – 13,2 ming;
2020 yilda – 13,6 ming;
2021 yilda – 20,1 ming nafar kishi xorijga ketgan.
O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (79,5 %), Rossiya (16,4 %), Qirg‘iziston (0,7 %), Tojikiston (0,5 %), Turkmaniston (0,3 %) va boshqa mamlakatlar (2,6 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, 2022 yilda xorijdan O‘zbekistonga 2,3 ming kishi ko‘chib kelgan bo‘lib, bu oxirgi 5 yilga nisbatan sezilarli kamaygan. Misol uchun, 2018 yilda 2,9 ming, 2019 yilda 2,5 ming, 2020 yilda 1,1, 2021 yilda 1,9 ming kishi O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelgan.