O‘zbekistonda 8 foizli kredit berilishi ma’lum qilindi
Kreditlar tavsiyanoma va xulosalar asosida kimlarga va qancha miqdorda berilishi aytildi.
Bu toifadagi kredit eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladi.
Eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga beriladi.
Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratilishi ma’lum qilindi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga imtiyozli kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi.
Kreditlar loyihaning biznes-rejasiga muvofiq o‘zini o‘zi qoplashidan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.
Hududlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin (loyiha joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil o‘rganiladi).
Kredit – tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil kilganidan so‘ng – ajratiladi va maxsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Bu haqdagi batafsil ma’lumotlar Prezidentning PQ-4231-sonli, PQ-3777-sonli qarorlari va 3022-sonli Nizomdan o‘rin olgan.