O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi
Bugun 16 may kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan ma’lum qilishdi.
Tohir Malik 1946 yil 27 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Ayni damda 72 yoshni qarshilagan edi. 2000 yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvonini olgan. Ko‘plab tarbiyaviy-didaktik va detektiv asarlar muallifi sanaladi. Ulardan eng mashhurlari «Shaytanat», «Alvido bolalik», «Somon yo‘li elchilari», «Murdalar gapirmaydilar», «Odamiylik mulki» va boshqa asarlardir.
«Xabar.uz axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.