Ko‘p marotaba xorijlik ijodkorlarning qo‘shiqlarini “o‘g‘irlab” ijro etgan xonanda Bahrom Nazarov joriy yilning noyabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.
“Xonanda ilk konsertida faqat o‘z qo‘shiqlarini kuylaydi degan umiddamiz”, – kinoya qiladi gazeta muxbiri.