Yaqindagina Muhriddin Xoliqovning hotirasiga bag‘ishlab “Kechikish” nomli taronasiga olingan klipini muhlislar etiboriga havola etgan Bahrom Nazarov yurtimiz bo‘ylab gastrol safariga yo‘l olmoqda.
Nazarov o‘z muhlislari orasida “Ayrildim”, “Pari pari”, “Yana kun sayin” taronalari bilan mashhur.
OAV vakillarida Bahrom Nazarov o‘tkaziladigan konsert safarida muxlis yig‘a olarmikan, konsert berishga hali vaqtli emasmi, biroz shoshmadimikin degan savollar tug‘ilmoqda.
Gastrol konserti 28 apreldan 28 iyunga qadar davom etadi. Nima bo‘lganda ham gastrol konsertining a’lo darajada o‘tishiga umid qilamiz va Bahrom Nazarovga omad tilab qolamiz.