Bahrom Nazarov boshqa plagiat qilmaslikka va’da berdi
Xonanda Bahrom Nazarov “Pari-pari” qo‘shig‘iga yog‘ilgan tanqid tufayli boshqa “oldin kuylangan qo‘shiq” kuylamaslikka va’da berganini aytib o‘tdi. Bu haqda u “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Lekin «Pari-pari» qo‘shig‘iga tanqidlar ko‘p bo‘ldi, - dedi san’atkor. - Chunki bu ozarbayjonlik xonanda kuylagan qo‘shiq edi. Men unga o‘zgartirishlar kiritib, boshqacha talqinda ijro etishga harakat qildim. Bu kimlargadir manzur bo‘ldi, kimlarga esa... Mayli, muhimi, o‘zimga o‘zim «endi oldin kuylangan qo‘shiqni kuylamayman», deb va’da berdim!”.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari ushbu qo‘shiqning armanistonlik xonandadan o‘g‘irlangani aniqlanib, Bahrom Nazarovga nisbatan ko‘p tanqidiy fikrlar aytilgan edi.