Toshkent vaqti bilan bugun soat 19:19 va 19:25 da ikkita zilzila qayd etildi.
«Toshkent» seysmostansiyasining ma`lumotlariga ko`ra, Toshkentda zilzila kuchi 3 ball, Andijonda va Namanganda 3-4 ball, Farg`onada – 4 ballni tashkil qildi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 410 kilometr sharqiy yo`nalishda Xitoyning Xinszyan provinsiyasida bo`lgan. Er osti silkinish magnitudasi 6,9 tashkil qildi.
O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmofaollik kuzatilmadi. Mamlakatimiz hududida jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo`q.