O`rtoqlar, sizlarga taqdim etadigan ijodim juda ko`p, gaplarim ham, yangiliklarim ham kam emas!”, deb yozib qoldirdi Nilufar mazkur surati ostidagi izohga.
Nilufar Usmonova 22 sentyabr kuni Facebook Mentions orqali muxlislari bilan jonli aloqaga chiqdi.
Unda ham xonandaga berilgan eng ko`p savol uning homiladorligi atrofida bo`ldi. Mazkur savolga Nilufar quyidagi javobni berdi:
“Bu savolga javob berishni istamayman. Hamma narsani vaqt ko`rsatadi.”
Shuningdek undan uch o`g`ildan so`ng qiz ko`rish niyati bor yoki yo`qligi haqida ham so`rashdi. “Albatta qizlik bo`lish niyatim bor”, deydi xonanda. Qizlik bo`lsa ismini nima qo`yishi bilan bog`liq savolga, bu haqda o`ylamaganini va bu masalani qizining otasi hal qilishini ma`lum qildi.
Mentions orqali u xususan ayni damda o`zi tayyorlayotgan ovqatlarni emay qo`yganini, ammo bolalariga qo`lidan kelganicha taom tayyorlab berishga harakat qilayotganini ham aytdi.
“San`at orqasidan topganlaringiz” degan savolga Nilufar olqish va pul deya javob berdi.
Nilufar Usmonova kino va kliplarga suratga tushish mavzuidagi savolga, eng yomon ko`rgani suratga olish jarayoni va kamera ekanligini aytib o`tdi.
“Sevimli aktyoringiz kim?”, degan savolga esa Nilufar hind aktyori Shohruhxonni yoqtirshini aytdi.
Bundan tashqari Nilufar ayni damda farzandlariga juda ko`p vaqt ajratish uning birinchi galdagi vazifasi va bu uning uchun katta baxt ekanligini ham ta`kidlab o`tdi.
Eslatib o`tamiz, Nilufar Usmonova uch nafar o`g`il farzandning onasi.