Nikohdan ajralish eng yuqori bo‘lgan hududlar e’lon qilindi
2022 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ajralish eng yuqori bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyatining Guliston shahri bo‘lgan.
• Guliston shahri 3,5 ta
• Yangiyer shahri 3,3 ta
• Sirg‘ali tumani 3,1 ta
• Olmaliq shahri 2,9 ta
• Shirin shahri 2,9 ta
• Bektemir tumani 2,5 ta
• Qibray tumani 2,5 ta
• Chirchiq shahri 2,4 ta
• Buxoro shahri 2,4 ta
• Farg‘ona shahri 2,4 ta
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.