AQSH Prezidenti Jo Bayden Nyu-York shtatida qor bo‘roni sababli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident Bayden Nyu-York shtatida favqulodda holat e’lon qildi hamda shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi”, deyiladi Oq uy bayonotida.Qayd etilishicha, Bayden Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha Federal agentlik va Milliy xavfsizlik departamentiga qor bo‘ronidan jabr ko‘rgan shtatga yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish vakolatini bergan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda bo‘ron bilan bog‘liq hodisalarda kamida 50 kishi halok bo‘lgan.O‘lim holatlari 12 shtatda qayd etilgan: Kolorado, Illinoys, Kanzas, Kentukki, Michigan, Missuri, Nebraska, Nyu-York, Ogayo, Oklaxoma, Tennessi va Viskonsin. Shu bilan birga, o‘limlarning yarmi Nyu-York shtatining g‘arbiy qismida kuzatilgan.Eslatib o‘tamiz, AQSHda qor bo‘roni joriy yilning 25 dekabr kuni sodir bo‘lgan edi.
Keyinroq qor bo‘roni tufayli qurbon bo‘lganlar soni 46 nafarga yetgani haqida xabar qilingan edi.