Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Eron namoyishlarga sabab bo‘lgan Mahsa Aminining vafoti ekspertizasini e’lon qildi
Eron o‘limi butun mamlakat bo‘ylab repressiyaga qarshi ommaviy norozilik to‘lqiniga sabab bo‘lgan Mahsa Aminining vafoti sabablari bo‘yicha rasmiy tibbiy xulosani e’lon qildi. Eron davlat televideniyesi bugun, 7 oktyabr kuni Eron sud-tibbiyot ekspertizasi tashkilotiga tayanib, 22 yoshli Amini “insult”dan emas, balki sakkiz yoshida o‘tkazgan miya shishi operatsiyasi oqibatlaridan vafot etganini ma’lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, tibbiy xulosa o‘limdan keyingi ekspertiza, Aminining jasadini otopsi natijalari, qizning o‘pkasi va miyasining kompyuter tomografiyasi asosida tuzilgan. Ayni paytda, Aminining otasi qizi Eron axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinishidan oldin uning sog‘lig‘i a’lo darajada bo‘lganini aytmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda.Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2358 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo‘lgan, namoyishlarga, sabab, e’lon, Mahsa Amini, ekspertizasini, qildi, Eron, vafoti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное