Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Nega bu yil aprel oyi seryomg‘ir bo‘ldi?


Eng nam aprel Toshkentda 1990 yilda kuzatilgan ekan. O‘shanda bir oy davomida yoqqan yomg‘ir deyarli 3 oylik me’yorni tashkil qilgan. Bunda yarim oylik yog‘inlar bir kunning o‘zida yoqqan ekan, bu haqda O‘zA ma’lumot beradi.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda yuz berayotgan yomg‘irli kunlar kimnidir suyuntirayotgan bo‘lsa, bosh bir soha, misol uchun g‘allakorlarni quvontirayotgani yo‘q. Vaholanki, seryomg‘ir kunlar daladagi hosilning sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Aslida ham aprel oyi yomg‘irli ob-havosi bilan boshqa oylarga nisbatan ajralib turibdi. Ba’zi kunlarda ayrim joylarga kuchli jala yomg‘irlar yoqqanining guvohi bo‘ldik. Aslida aprel oyidagi bunday yog‘inlarni anomal, g‘ayrioddiy hodisa deb bo‘lmasa-da, bunday seryomg‘ir aprel 4—5 yilda bir kuzatiladi. Xo‘sh, kelgusi kunlarda ham mana shunday yomg‘irli kunlar davom etadimi?

«O‘zgidromet» markazidan ma’lum qilishlaricha, oyning boshidan buyon to hozirgi kungacha O‘zbekistonning shimoliy tumanlari va Farg‘ona vodiysidan tashqari barcha hududlarning katta qismida 10 kundan 15 kungacha turli jadallikdagi yomg‘irli kunlar kuzatilgan. Natijada yoqqan yog‘inlar miqdori oylik me’yordan oshib ketgan. Misol uchun, Boysun tumanida ikki sutka davomida yoqqan yomg‘ir miqdori deyarli ikki oylik me’yordan oshib ketdi.

Toshkentda esa 19 aprel kuni kunduzi va 20 aprel kuni kechasi, ya’ni sutka davomida yoqqan yomg‘ir aprel oyi normasining yarmini tashkil qildi.

Bunday yomg‘irli ob-havoning sababi nimada? degan savolga mutaxassislar deyarli butun oy davomida O‘zbekiston hududi ustida janubda hosil bo‘lgan nam havo oqimlari Rossiyaning Yevropa hududidan kirib kelgan va u nisbatan sovuq havo oqimlari bilan doimiy ravishda qo‘shilib turdi degan javobni berdi. Havo oqimlarining bunday bir-biriga qo‘shilishi esa kuchli jala hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratar ekan.

Bunday nobarqaror va o‘zgaruvchan ob-havo yana ikki kun davomida saqlanib turadi. 23—24 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yana yomg‘ir yog‘adi, 24 aprelda yomg‘ir kuchayib, ayrim joylarda jala quyishi mumkin. 25 apreldan boshlab, may oyiga qadar yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

24—25 aprel kunlari havo harorati kunduzi 13—18 darajagacha, kechasi 5—10 darajagacha tushib ketishi mumkin. Bu me’yordan 5—7 darajaga past.

Keyinchalik harorat ko‘tarila boshlaydi va oyning oxiriga kelib aprel uchun odatiy ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.



Manba:zamin.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4621 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bu yil, aprel oyi, seryomg‘ir bo‘ldi, Nega
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное