Zokirovlar oilasining iste’dodli vakili, taniqli xonanda Nargiz Zokirova hastaligi bois Rossiyaning bir nechta shaharlaridagi konsertini bekor qilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 5 may kuni Nargizning yaqin do‘sti va prodyuseri Maksim Fadeyev uning salomatligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, xonanda jiddiy shamollagan. Ammo Fadeyev xavotirlanishga o‘rin yo‘qligi, Nargiz hozirda shifokorlar nazoratida ekanini bildirgan.
Oxirgi kunlardagi shifokorlar xulosasiga ko‘ra, unda shamollashning jiddiy alomatlari qayd etilmagan.
Fadeyev, shuningdek, Nargiz salomatligini tiklab, yana muxlislari uchun xizmat qilishga otlanishini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, xonanda 1970 yil 6 oktyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Hozirda Rossiya poytaxti Moskva shahrida istiqomat qiladi.