Namangan viloyatidagi dam olish maskani 5,4 mlrd so‘mga sotildi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan bo‘sh turgan dam olish maskani kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e'lon qilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 3,9 gektar. Binoning maydoni — 2 217 kvadrat metr. Unda suv va elektr ta’minoti bor. Gaz va kanalizatsiya tizimi mavjud emas.
Auksionga qo‘yilgan aktivning boshlang‘ich bahosi — 5,1 mlrd so‘m edi. Savdolar 1-avgust kuni 10:00 da o‘tkazildi va yer 5,4 mlrd so‘mga sotildi.
G‘olib sifatida “Namangan mukammal ta’minot” korxonasi ko‘rsatilgan. Kimoshdi savdosi 10 daqiqa davom etgan.
Avvalroq Qashqadaryodagi molxona auksionda qariyb 500 million so‘mga sotilgani haqida xabar berilgandi.