Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Muhtasham yuz yil" seriali davom etadi

Ko‘pchilik tomoshabinlar orasida ommalashib ketgan, turk sultoni Sulaymon farzandlarining ayanchli taqdiri haqidagi "Muhtasham yuz yil" turk serialining muxlislari hali ko‘z yoshlarini artib ulgurmasidan Turkiyada serialning davomi – "Muhtasham yuz yil. Kyosem" serialini suratga olish ishlari boshlandi.
Yangi serial tomoshabinlarni sulton Sulaymondan yuz yildan keyin Usmoniylar imperiyasiga hukmronlik qilgan sulton Ahmad I davridagi voqealar bilan tanishtiradi. Sulton Sulaymonning birinchi qonuniy rafiqasi bo‘lgan Aleksandra-Xurram tarixining olamshumul muvaffaqiyatidan keyin serial prodyuseri Temur Savji ekranda Ahmad Birinchining rafiqasi Kyosemning obrazini gavdalantirishga qaror qildi.
Sulton rafiqasining turli davrlardagi rolini to‘rt nafar aktrisa ijro etadi. Ular orasida gollivudlik aktrisa Sara Xayland ham bor. Asosiy davrdagi Kyosemning rolini mallasoch grek aktrisasi Anastasiya Tsilimpou ijro etadi. "Muhtasham yuz yil" muxlislari Tsilimpouning Xurram xonimning rolini ijro etgan aktrisa Maryam Uzerli kabi mashhurlikka erishishiga unchalik ishonishmayapti, biroq aktrisa serialda suratga tushishi evaziga Gresiyada katta haq oluvchi 2-raqamli aktrisaga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kyosemning qizlik paytidagi rolini Beren Saat o‘ynashi haqidagi bahslar hali ham to‘xtamagan, chunki aktrisa hali ham serialning birorta afishasida paydo bo‘lmadi.
Yangi serialning birinchi seriyasini Fransiyaning Kann shahrida sulton Sulaymon rolini ijro etgan Xolid Ergenchning o‘zi taqdim qiladi. Aktyorning o‘zi serialda rol ijro etishini tasdiqlamadi. Serial dunyo televidenielarida 2016 yilda paydo bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 9857 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Muhtasham yuz yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
begim4155 Eee bu kinoga yetadgoni yoqdaaa . Ayniqsa Hurremni yowligi .judayam yoqardi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное