“Muhtasham yuz yil”dagi roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Halit Ergench uchinchi marta ota bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Halitning rafiqasi ma’lum qilgan. Baby shower marosimidagi fotolar bilan bo‘lishgan Berguzar Korel bo‘lajak farzandining jinsi qiz bo‘lishini e’lon qilgan.
“Alloh ko‘rib turibdi, men buni juda ham xohlaganman. Oilamiz katta va baxtli bo‘lsin. Ha, farzandimiz qiz bo‘ladi! Biz uchun ushbu bayramni uyushtirgan va hammani to‘plagan qadrli dugonamga rahmat. Yaqinlarim, do‘stlarim men uchun juda ham xursand. Farzandimiz qiz bo‘lishidan xabar topishimiz bilan ushbu baxtli voqea bilan bo‘lishishga qaror qildik”, — deb yozadi turk yulduzi.
May oyining oxirida aktrisaning qomatida o‘zgarishlar ko‘zga tashlangan suratlar tarqalgan. Ammo Berguzarning o‘zi darhaqiqat, homiladorligini yaqin kunlarda tasdiqlagan. Halit esa doimgidek shaxsiy hayoti haqidagi ikir-chikirlarni ommaga e’lon qilmaydi. Aktrisaning uchinchi marta homiladorligi kasbi bilan bog‘liq rejalarini o‘zgartirib yuborgan. “Qonli efir” serialida suratga tushayotgan Berguzar katta oila haqida orzu qilishiga qaramay, bu u uchun yangilik bo‘lgan. Bo‘lajak farzandining salomatligi uchun aktrisa shartnomani bekor qilgan.
Ma’lumot uchun, 51 yoshli Halit va 38 yoshli Berguzarning ikki nafar farzandi bor. Katta farzandi 11 yoshda, kenjasi Xon esa 2020-yil 8-sentabrda tug‘ilgan.